INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI DARSLARIDA SUN`IY INTELEKT
Keywords:
informatika ta’limi, sun’iy intellekt, generativ sun’iy intellekt, algoritmik tafakkur, raqamli kompetensiya, dasturlashAbstract
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o`qitishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning metodik asoslari tahlil qilingan. Sun’iy intellektga asoslangan o‘quv vositalarining algoritmik tafakkur, dasturlash, ma’lumotlar bilan ishlash hamda muammoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, generativ sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishda akademik halollik tamoyillariga rioya qilish, ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlash, sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan natijalarni tekshirish va o‘qituvchi nazoratining ahamiyati asoslab berilgan. Informatika darslariga sun’iy intellekt texnologiyalarini bosqichma-bosqich integratsiya qilish modeli, metodik shart-sharoitlar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan