JADID MA’RIFATPARVARLARINING PEDAGOGIK QARASHLARIDA TADBIRKORLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING MA’RIFIY ASOSI

Authors

  • Mahliyo Ismatillayeva Author

Keywords:

Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, jadidchilik, ma’rifat, tadbirkorlik, iqtisodiy tafakkur, tijorat

Abstract

Mazkur maqolada yirik jadid ma’rifatparvar pedagoglarining iqtisodiy taraqqiyot, tijorat, ilm-ma’rifat, mehnatsevarlik va kelajakni strategik rejalashtirishga oid qarashlari tahlil qilingan. Xususan Fitratning “Hind sayyohi bayonoti” asarida ilgari surilgan tijorat va iqtisodiy rivojlanish haqidagi fikrlari zamonaviy tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirish nuqtayi nazaridan talqin etiladi. Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida ilgari surilgan ilm va molning milliy taraqqiyotdagi o‘rni haqidagi qarashlari zamonaviy tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirish nuqtayi nazaridan yoritiladi. Ma’rifatparvar olimlarning ilm, ta’lim muhiti va shaxsiy sa’y-harakatni taraqqiyotning muhim shartlari sifatida ko‘rsatgani zamonaviy ta’limda iqtisodiy tafakkur, moliyaviy savodxonlik, tashabbuskorlik, strategik fikrlash, innovatsion yondashuv va ijtimoiy mas’uliyat kabi kompetensiyalarni rivojlantirish bilan uyg‘unligi asoslab beriladi

Downloads

Published

2026-09-11