O‘ZBEKISTONDA IQLIM O‘ZGARISHINING ASOSIY TENDENSIYALARI
Keywords:
iqlim o‘zgarishi, global isish, havo harorati, qurg‘oqchilik, suv resurslari, ekologik barqarorlikAbstract
Mazkur maqolada O‘zbekistonda kuzatilayotgan iqlim o‘zgarishlarining asosiy tendensiyalari tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda havo haroratining ortishi, yog‘in miqdori va taqsimotidagi o‘zgarishlar, qurg‘oqchilik holatlarining ko‘payishi hamda ekstremal ob-havo hodisalarining tez-tez kuzatilishi mamlakatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligi, suv resurslari, biologik xilma-xillik va aholi salomatligiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning salbiy oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda ekologik barqarorlikni ta’minlash va iqlim xavflarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega