O‘ZBЕKISTОN MINTАQАLАRIDА SАNОАT TАRMОG‘INI RIVОJLАNTIRISHNING HUDUDIY JIHАTLАRI
Keywords:
Sanoat, mintaqaviy rivojlanish, erkin iqtisodiy zonalar, sanoat parklari, diversifikatsiyaAbstract
Ushbu maqola O‘zbekiston mintaqalarida sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning hududiy jihatlarini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada O‘zbekistonning so‘nggi yillarda sanoatda erishgan sezilarli o‘sish sur’atlari, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushining oshishi va ishlab chiqarish tarkibidagi ijobiy o‘zgarishlar tan olingan. Shu bilan birga, mintaqaviy rivojlanishdagi nomutanosibliklar, sanoat korxonalarining geografik jihatdan notekis taqsimlanishi kabi muammolar dolzarbligi ko‘rsatilgan. Tadqiqotda sanoatni mintaqaviy rivojlantirishning nazariy asoslari, mavjud institutsional mexanizmlar, xususan, erkin iqtisodiy zonalar va sanoat parklarining samaradorligi hamda ularning duch kelayotgan muammolari tahlil qilingan. Maqola yakunida mintaqaviy sanoatni diversifikatsiya qilish, modernizatsiya qilish va barqaror o‘sishini ta’minlash bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar hamda strategik yo‘nalishlar ishlab chiqilgan