SPORT TA’LIMIDA GENERATIV SUN’IY INTELLEKTDAN XAVFSIZ VA TANQIDIY FOYDALANISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Keywords:
generativ sun’iy intellekt, sport ta’limi, sun’iy intellekt kompetensiyasi, axborot xavfsizligiAbstract
Mazkur tezisda sport ta’limi jarayonida o‘quvchilarning generativ sun’iy intellekt vositalaridan xavfsiz, maqsadli va tanqidiy foydalanish kompetensiyasini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Generativ sun’iy intellektdan foydalanishda axborotning ishonchliligini tekshirish, noto‘g‘ri generatsiyalarni aniqlash, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, akademik halollikka rioya etish hamda sun’iy intellekt tavsiyalarini sport-pedagogik vaziyatlarga moslashtirishga asoslangan metodik yondashuv taklif etilgan. Kompetensiyani rivojlantirishning “topshiriqni aniqlash – prompt yaratish – natijani tekshirish – kasbiy baholash – xavfsizlik nazorati – refleksiya” bosqichlari asoslangan
Downloads
Published
2026-08-13