SHASHKA O‘YNASH ORQALI DIQQATNI JAMLASH METODIKASI

Авторы

  • Malika Nodirqulova Автор
  • Elyor Bolbekov Автор

Ключевые слова:

shashka o‘yini, diqqatni jamlash, kognitiv rivojlanish, pedagogik metodika

Аннотация

Mazkur tadqiqot ishida shashka o‘yini orqali diqqatni jamlash, tafakkurni rivojlantirish va o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirish metodikasi ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Umumiy o‘rta ta'lim maktabining 5-6-sinf o‘quvchilari (n=40) ishtirokida o‘tkazilgan 3 oylik pedagogik tajriba asosida tajriba guruhi (n=20) va nazorat guruhi (n=20) ko‘rsatkichlari solishtirilgan. Tajriba guruhi o‘quvchilari bilan haftasiga 3 marta, 40 daqiqadan shashka mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Diqqat darajasi Shulte jadvali, kuzatuv va test metodlari orqali o‘lchandi. Tadqiqot natijasi shuni ko‘rsatdiki, tajriba guruhi o‘quvchilarida yuqori diqqat darajasiga ega bo‘lganlar ulushi 35% dan 70% ga ko‘tarildi (p<0,05), xatolar soni 6,1 dan 2,8 ga tushdi va o‘rtacha topshiriq bajarish vaqti 8,4 daqiqadan 5,9 daqiqaga qisqardi. Nazorat guruhida statistik ahamiyatga ega o‘zgarish kuzatilmadi. Mazkur metodika umumta'lim maktablari, sport to‘garaklari va intellektual rivojlantirish markazlarida qo‘llash uchun tavsiya etiladi

Опубликован

2026-05-16