DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI: ODDIY ODAMLAR HAYOTIDAGI MUAMMOLARNI HAL QILISH VA ADOLATLI YORDAM KO‘RSATISH YO‘LLARI

Mualliflar

  • Ibrohim Omanboyev ##default.groups.name.author##
  • Ulug‘bek Xalikov ##default.groups.name.author##
  • Sayyora Fayziyeva ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Mahalla yettiligi##common.commaListSeparator## xalq deputatlari##common.commaListSeparator## parlament nazorati##common.commaListSeparator## aholi farovonligi##common.commaListSeparator## Tashabbusli byudjet (Open Budget)

Annotatsiya

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishi hamda islohotlarning eng quyi bo‘g‘ini hisoblangan “mahallabay” ishlash tizimining mutlaqo yangi bosqichi — “Mahalla yettiligi” instituti va xalq deputatlari o‘rtasidagi institutsional hamkorlik mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlashda “yettilik” vakillarining funksional vazifalari hamda ushbu masalalarni yuqori ijro organlari oldiga qo‘yishda deputatlik nazoratining huquqiy-amaliy quvvati o‘rganilgan. Maqolada asosiy e’tibor uchta strategik yo‘nalishga qaratilgan: mahalliy muammolarni hal etishda deputatlik so‘rovi orqali vertikal boshqaruvni ta’minlash , “Tashabbusli byudjet” (Open Budget) doirasida ajratilayotgan mablag‘larning sarflanishi va ishlar sifati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish , hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali ko‘rsatilayotgan yordamning manzilliligini ta’minlashda deputatlik komissiyalarining ishtiroki. Tadqiqot davomida vakolatlar muvozanatidagi bo‘shliqlar tahlil qilinib, deputatlarning mahalla hayotidagi ishtirokini institutsional jihatdan kuchaytirish, jumladan, “muammolar almashinuvi” platformasini yaratish va loyihalarni qabul qilishda deputatga “veto” huquqini berish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ilgari surilgan

##submission.downloads##

##submissions.published##

2026-04-14