“MAHBUB UL-QULUB” ASARIDA ARAB TILIDAGI O‘ZLASHMALAR
##semicolon##
diniy yoki ilmiy##common.commaListSeparator## hikmat##common.commaListSeparator## fors tillaridagiAbstrak
Amir Alisher Navoiyning “Mahbubul qulub” asarida arabcha o‘zlashmalarni ko‘p o‘rinlarda uchratish mumkin. Tilshunoslikda o‘zlashma tushunchasi juda muhim. O‘zlashma bu bir tilning lug‘at tarkibiga boshqa til elementlarining kirib kelishi va o‘zlashib ketishi jarayonidir. O‘zbek tilida arab, fors, rus va boshqa tillardan o‘zlashmalar mavjud bo‘lib, ular tarixiy, madaniy va diniy aloqalar natijasida shakllangan. Arabcha o‘zlashmalar, ayniqsa, o‘zbek tilining leksik qatlamida alohida o‘rin tutadi. Chunki arab tili islom dini, Qur’on, hadis, fiqh, tasavvuf, falsafa va ilm-fan tili sifatida Markaziy Osiyo xalqlari hayotiga chuqur kirib kelgan. Shu bois arabcha so‘zlar o‘zbek tilida diniy, huquqiy, ilmiy va adabiy terminologiyaning asosiy manbai bo‘lib xizmat qilgan. Masalan, “ilm”, “adab”, “hikmat”, “ma’rifat”, “adolat”, “qalam”, “kitob”, “maktab”, “madrasa” kabi so‘zlar arab tilidan kirib kelib, o‘zbek tilining lug‘at boyligini kengaytirgan. O‘zlashmalar tilning semantik imkoniyatlarini kengaytiradi, yangi tushunchalarni ifodalashga xizmat qiladi, madaniy va ilmiy taraqqiyotga zamin yaratadi. O‘zbek leksikologiyasida arab tilidagi o‘zlashmalarni o‘rganish til tarixini, madaniy aloqalarni va ilmiy merosni anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Amir Alisher Navoiyning so‘zga bo‘lgan e’tibori muhim bo‘lgan. So‘zimiz tasdig‘ini allomaning har bir asari misolida, jumladan “Nazmul javohir” asari misolida ko‘rish mumkin