BAKTERIOFAGLAR VA RATSIONAL ANTIBIOTIKOTERAPIYA: KOMBINATSIYALANGAN DAVOLASHNING SAMARADORLIGI VA ISTIQBOLLARI
##semicolon##
bakteriofag##common.commaListSeparator## antibiotikoterapiya##common.commaListSeparator## antimikrob rezistentlik##common.commaListSeparator## bakterial infeksiya##common.commaListSeparator## fagoterapiya##common.commaListSeparator## fag-antibiotik sinergiyasiAbstrak
Antimikrob preparatlarga chidamli bakteriyalarning ko‘payishi zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolaridan biridir. Antibiotiklardan noo‘rin va nazoratsiz foydalanish mikroorganizmlarda rezistentlik shakllanishini tezlashtirib, bakterial infeksiyalarni davolash samaradorligini pasaytiradi. Shu sababli antibiotikoterapiyaning ratsional tamoyillarini takomillashtirish hamda muqobil va qo‘shimcha antimikrob strategiyalarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bakteriofaglar — ma’lum bakteriyalarni selektiv ravishda zararlab, ularni lizisga uchratadigan viruslar bo‘lib, antibiotiklarga chidamli infeksiyalarni davolashda istiqbolli biologik vosita sifatida qaralmoqda. Mazkur maqolada bakteriofaglarning ta’sir mexanizmi, ratsional antibiotikoterapiyaning asosiy tamoyillari hamda bakteriofag-antibiotik kombinatsiyasining ehtimoliy sinergik samaralari tahlil qilindi. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, kombinatsiyalangan yondashuv ayrim antibiotiklarga chidamli bakteriyalarga qarshi terapevtik imkoniyatlarni kengaytirishi mumkin. Biroq davolash rejimlarini standartlashtirish, klinik samaradorlik, xavfsizlik va preparatlarni ishlab chiqarish hamda tartibga solish masalalari bo‘yicha qo‘shimcha tadqiqotlar talab etiladi