TASVIRIY SAN’AT VA IJODIY FAOLIYAT INTEGRATSIYASI ASOSIDA TALABALARNING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
##semicolon##
tasviriy san’at##common.commaListSeparator## ijodiy faoliyat##common.commaListSeparator## integratsiya##common.commaListSeparator## kasbiy kompetensiya##common.commaListSeparator## ijodiy kompetensiya##common.commaListSeparator## kompetensiyaviy yondashuvAbstrak
Mazkur maqolada tasviriy san’at va ijodiy faoliyat integratsiyasi asosida talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi ilmiy-nazariy va metodik jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda tasviriy san’at mashg‘ulotlarini ijodiy faoliyat bilan uyg‘unlashtirishning talabalarning kasbiy tayyorgarligi, ijodiy fikrlashi, amaliy ko‘nikmalari, mustaqil qaror qabul qilishi va refleksiv faoliyatini rivojlantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Integratsiyalashgan ta’lim yondashuvi asosida talabalarning nazariy bilimlarini amaliy-ijodiy faoliyat bilan bog‘lashga yo‘naltirilgan metodik yondashuv ishlab chiqiladi. Mazkur metodika ijodiy topshiriqlar, amaliy mashg‘ulotlar, muammoli vaziyatlar, mustaqil faoliyat va refleksiv tahlilning o‘zaro uyg‘unligiga asoslanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati oliy ta’lim muassasalarida tasviriy san’atga oid fanlarni o‘qitish jarayonini kompetensiyaviy va ijodiy yondashuvlar asosida takomillashtirish imkoniyatlari bilan belgilanadi