QASHQADARYO VILOYATI ZILZILALAR HOLATINI BAHOLASHDA GAT QO'LLASH SAMARADORLIGI
##semicolon##
Qashqadaryo Viloyati##common.commaListSeparator## zilzila##common.commaListSeparator## GAT##common.commaListSeparator## seysmik xavf##common.commaListSeparator## xavfni baholash##common.commaListSeparator## tabiiy ofatlarAbstrak
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatida zilzila holatini baholashda Geografik Axborot Tizimlari (GAT) qo'llash samaradorligi atroflicha ko'rib chiqiladi. Viloyatning seysmik faolligi va geologik xususiyatlari, xususan, Zarafshon va Hisor tog' tizmalariga yaqinligi, yuqori zilzila xavfini keltirib chiqaradi. An'anaviy baholash usullari murakkab tabiiy jarayonlarni tahlil qilishda cheklovlarga ega bo'lgan bir sharoitda, GAT turli xil geofizik, geologik, topografik va ijtimoiy-iqtisodiy ma'lumotlarni integratsiyalash, fazoviy tahlil qilish va vizualizatsiya qilish imkonini beruvchi kuchli vosita sifatida taqdim etiladi. Maqolada GAT asosida zilzila xavfini baholash metodologiyasi, ma'lumotlarni integratsiyalash va tahlil qilish bosqichlari, shuningdek, seysmik xavf xaritalarini yaratish jarayoni batafsil yoritilgan. Tadqiqot GAT ning ofat xavfini kamaytirish, favqulodda vaziyatlarga javob berish va shaharlarni rejalashtirishdagi ahamiyatini tasdiqlaydi, shu bilan birga uning qo'llash bilan bog'liq qiyinchiliklar va istiqbolli yo'nalishlar ham muhokama qilingan