“MIFTOH UL-ADL” VA “GULZOR” ASARLARINING G‘OYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI
##semicolon##
Xoja##common.commaListSeparator## “Miftoh ul-adl”##common.commaListSeparator## “Gulzor”##common.commaListSeparator## didaktik adabiyot##common.commaListSeparator## hikoyat##common.commaListSeparator## adolatAbstrak
Mazkur maqolada Xojaning “Miftoh ul-adl” hamda “Gulzor” asarlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, ularda aks etgan diniy-ma’rifiy va axloqiy qarashlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda asarlarning kompozitsion qurilishi, Qur’oni Karim oyatlari va hadislardan foydalanish usuli, hikoyatlar tizimi hamda an’anaviy obrazlarning badiiy talqini yoritilgan. Shuningdek, payg‘ambarlar, donishmandlar, sulton va vazirlar timsolida adolat, ilm-ma’rifat, insonparvarlik va komillik g‘oyalari ifodalanishi ilmiy asosda tadqiq etilgan. Muallifning adolat konsepsiyasini turli syujet va obrazlar vositasida talqin qilishi, xalq manfaatini ko‘zlagan ideal hukmdor obrazini yaratishdagi mahorati ochib berilgan. Maqolada mazkur asarlarning Sharq didaktik adabiyoti taraqqiyotidagi o‘rni hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati xususida xulosalar berilgan