OROLBO‘YI HUDUDIDA YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
##semicolon##
Orolbo‘yi##common.commaListSeparator## yashil iqtisodiyot##common.commaListSeparator## ekologik barqarorlik##common.commaListSeparator## o‘rmonlashtirish##common.commaListSeparator## suv tejovchi texnologiyalarAbstrak
Ushbu maqola Orolbo‘yi mintaqasida yashil iqtisodiyotni rivojlantirishning nazariy asoslari va amaliy istiqbollarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik falokat mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolar majmuasini keltirib chiqardi. Tadqiqotda qurigan dengiz tubida o‘rmonlashtirish ishlari, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va xalqaro investitsiyalarni jalb qilish masalalari tahlil qilinadi. Maqolada xalqaro tashkilotlar (UNDP, GGGI, KOICA, ANSO) va xorijiy ilmiy markazlar (Xitoy Fanlar akademiyasi) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar natijalari o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, suv tejovchi texnologiyalar suv sarfini 30-40% gacha kamaytirgan, fotovoltaik tizimlar bilan integratsiyalashgan tomchilatib sug‘orish paxta hosildorligini mahalliy o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2,5 barobarga oshirgan. Maqolada mintaqada yashil iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va istiqbollari belgilab berilgan