MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIMIY FAOLIYATNI SAMARALI BOSHQARISH STRATEGIYASI
##semicolon##
maktabgacha ta’lim##common.commaListSeparator## strategik boshqaruv##common.commaListSeparator## ta’limiy faoliyat##common.commaListSeparator## raqamli texnologiyalarAbstrak
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’limiy faoliyatni samarali boshqarishning zamonaviy strategiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda strategik menejmentning nazariy asoslari, xalqaro tajriba va O‘zbekistondagi amaliyot o‘rganilgan. Maqolada boshqaruv samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari – raqamli texnologiyalarni joriy etish, rahbar kadrlarning kompetensiyalarini rivojlantirish, tizimli yondashuv va jamoatchilik ishtiroki kabi omillar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, samarali boshqaruv strategiyasi vertikal boshqaruv tizimini mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish va rahbar kadrlarning kasbiy tayyorgarligini doimiy takomillashtirish asosida qurilishi lozim