BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING IJTIMOIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
##semicolon##
ijtimoiy kompetentlik##common.commaListSeparator## bo‘lajak o‘qituvchi##common.commaListSeparator## boshlang‘ich ta’lim##common.commaListSeparator## kasbiy kompetentlik##common.commaListSeparator## kommunikativ ko‘nikmaAnnotatsiya
Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Ijtimoiy kompetentlik zamonaviy pedagog shaxsining muhim kasbiy sifatlaridan biri bo‘lib, u samarali muloqot, jamoada ishlash, nizoli vaziyatlarni konstruktiv hal etish hamda ijtimoiy mas’uliyatni namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada ijtimoiy kompetentlikning kognitiv, motivatsion-qadriyat, kommunikativ, faoliyat-amaliy va refleksiv komponentlari ochib berilgan. Tadqiqot davomida ilmiy adabiyotlar tahlili, qiyosiy-pedagogik tahlil va modellashtirish metodlaridan foydalanildi. Nazariy tahlil asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijtimoiy kompetentlik komponentlarini baholash mezonlari ishlab chiqildi hamda ushbu sifatni rivojlantirishning samarali pedagogik shart-sharoitlari va amaliy tavsiyalari asoslandi