O‘ZBEKISTONDA QOCHQINLARNI QABUL QILISH VA JOYLASHTIRISH TARTIBLARINING XALQARO STANDARTLARGA MUVOFIQLIGI
##semicolon##
qochqinlarni qabul qilish##common.commaListSeparator## joylashtirish tartiblari##common.commaListSeparator## 1951-yilgi Konvensiya##common.commaListSeparator## UNHCR##common.commaListSeparator## himoya tizimiAnnotatsiya
Maqolada O‘zbekistonda qochqinlarni qabul qilish va joylashtirish tartiblari xalqaro standartlar, xususan 1951-yilgi Qochqinlar maqomi to‘g‘risidagi Konvensiya va BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi (UNHCR) talablari nuqtai nazaridan tahlil qilingan holda unda O‘zbekistonning Konvensiyani ratifikatsiya qilmaganligi va milliy himoya tizimining mavjud emasligi qochqinlarni qabul qilish va joylashtirish tartiblariga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani o‘rganiladi. Shuningdek, mavjud qonunchilik bazasi, amaldagi ro‘yxatga olish mexanizmlari, qochqinlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarga ega bo‘lish imkoniyatlari va non-refoulement tamoyilining amalda qo‘llanilishi masalalari yoritilgan holda O‘zbekistonning so‘nggi yillarda fuqaroliksizlikni kamaytirish va xalqaro gumanitar hamkorlik sohasidagi yutuqlari qayd etilgan bo‘lsa-da, qochqinlarni qabul qilish va joylashtirishning tizimli huquqiy asoslari hali shakllanmaganligi asosiy muammo sifatida belgilanadi