KORPORATIV HUQUQIY MUNOSABATLAR YUZASIDAN KELIB CHIQADIGAN NIZOLAR VA ULARNI HAL QILISH USULLARI
##semicolon##
korporativ huquqiy munosabatlar##common.commaListSeparator## korporativ nizo##common.commaListSeparator## aksiyador##common.commaListSeparator## ishtirokchi##common.commaListSeparator## umumiy yig‘ilishAnnotatsiya
Ushbu maqolada korporativ huquqiy munosabatlar doirasida yuzaga keladigan nizolarning mazmuni, ularning asosiy turlari, nizo predmeti va subyektlari, shuningdek ularni hal etishning sudgacha va sud tartibidagi mexanizmlari tahlil qilinadi. Maqola O‘zbekiston Respublikasining amaldagi fuqarolik, korporativ va iqtisodiy protsessual qonunchiligi asosida yoritilgan. Xususan, aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, korporativ shartnoma, ishtirokchilarning a’zolik huquqlari, boshqaruv organlari qarorlari, umumiy yig‘ilish bilan bog‘liq nizolar hamda mediatsiya, hakamlik va iqtisodiy sudlarda ko‘rish tartibi ilmiy-huquqiy jihatdan baholanadi. Maqolada korporativ nizolarni faqat huquqbuzarlik oqibati sifatida emas, balki korporativ boshqaruv sifati, ichki hujjatlar aniqligi va protsessual himoya samaradorligining ko‘rsatkichi sifatida ko‘rish g‘oyasi ilgari suriladi