VIRUSLI INFEKSIYALAR: ETIOLOGIYASI, PATOGENEZI, KLINIK KO‘RINISH, DIAGNOSTIKA VA DAVOLASH
Ключевые слова:
Virusli infeksiyalar, viruslar biologiyasi, patogenez, immun javob, respirator infeksiyalarАннотация
Ushbu maqolada virusli infeksiyalarning kelib chiqishi, biologik xususiyatlari, turlari hamda ularning inson organizmiga taʼsiri keng yoritilgan. Viruslarning hujayra ichiga kirib, uning replikatsiya mexanizmini egallashi natijasida yuzaga keladigan patogen jarayonlar va immun tizimining javob reaksiyalari ilmiy asosda tahlil qilingan. Maqolada respirator virusli infeksiyalar, virusli gepatitlar hamda boshqa xavfli viruslar (OIV/OITS, sitomegalovirus, Ebola va boshqalar) misolida klinik belgilari va asoratlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, virusli infeksiyalarni aniqlashda qo‘llaniladigan zamonaviy diagnostika usullari — PCR, RT-PCR va serologik testlarning ahamiyati ochib berilgan. Davolash va profilaktika masalalarida antiviral terapiya, simptomatik yondashuvlar hamda vaksinalarning o‘rni alohida taʼkidlangan. Ushbu maqola virusli kasalliklarni tushunish va ularning oldini olish bo‘yicha ilmiy-amaliy bilimlarni boyitishga xizmat qiladi