SKIN ALLERGY – TYPES, CAUSES, SYMPTOMS, AND TREATMENT

Авторы

  • Ruxsorabonu Shermurodova Автор

Ключевые слова:

Teri allergiyasi, allergik reaksiyalar, immunitet tizimi, urticaria, atopik dermatit, allergik kontakt dermatit, allergenlar, teri toshmalari, qichishish

Аннотация

Ushbu maqolada teri allergiyasining kelib chiqish sabablari, asosiy turlari, klinik belgilari hamda davolash va profilaktika usullari tahlil qilinadi. Teri allergiyasi immunitet tizimining turli allergenlarga nisbatan ortiqcha reaksiyasi natijasida yuzaga keladigan keng tarqalgan kasalliklardan biridir. Maqolada teri allergiyasining asosiy turlari — urticaria (eshakemi), atopik dermatit va allergik kontakt dermatit haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shuningdek, ushbu kasalliklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladigan omillar, jumladan oziq-ovqat mahsulotlari, dorivor preparatlar, chang, gulchanglar, kimyoviy moddalar va boshqa tashqi ta’sirlar ko‘rib chiqilgan. Teri allergiyasining asosiy klinik belgilari sifatida qichishish, qizarish, teri toshmalari va shishlar keltirib o‘tiladi. Bundan tashqari, kasallikni aniqlash usullari, zamonaviy davolash metodlari hamda profilaktika choralariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, allergenlardan saqlanish, to‘g‘ri davolash usullarini qo‘llash va teri parvarishiga rioya qilish teri allergiyasini oldini olishda muhim ahamiyatga ega

Опубликован

2026-03-14