“O‘QISH SAVODXONLIGI” DARSLARIDA TA’LIMIY O‘YINLARNING QO‘LLANISHI

Авторы

  • E'ZOZAXON SHERQO'ZIYEVA Автор

Ключевые слова:

o‘qish savodxonligi, ta’limiy o‘yinlar, boshlang‘ich ta’lim, interfaol metodlar, o‘quv faoliyati, o‘qish ko‘nikmasi

Аннотация

Mazkur tezisda boshlang‘ich ta’lim bosqichida “O‘qish savodxonligi” darslarida ta’limiy o‘yinlardan foydalanishning pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Ta’limiy o‘yinlar o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, matnni tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishda muhim vosita sifatida qaraladi. Shuningdek, dars jarayonida o‘yin elementlaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning faolligi ortishi, bilimlarni samarali o‘zlashtirishga erishilishi va o‘qish jarayonining interfaol tarzda tashkil etilishi masalalari yoritiladi. Tadqiqotda ta’limiy o‘yinlarning didaktik imkoniyatlari, ularning dars samaradorligini oshirishdagi o‘rni hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini rivojlantirishdagi amaliy ahamiyati ko‘rsatib beriladi

Опубликован

2026-03-11