ANTIBIOTIK REZISTENTLIGI: ZAMONAVIY TIBBIY AMALIYOTDA DOLZARB MUAMMO
Ключевые слова:
antibiotikoterapiya, statistik ma’lumotlar, infeksion nazoratАннотация
Antibiotiklar infeksion kasalliklarni davolashda muhim o‘rin egallaydi, biroq so‘nggi yillarda bakteriyalarning antibakterial preparatlarga chidamliligi ortib borayotgani jiddiy muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Antibiotik rezistentligi natijasida ilgari samarali bo‘lgan dori vositalarining ta’siri susayib, davolash jarayonlari murakkablashmoqda. Ushbu holat kasalliklarning uzoq davom etishi, asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichlarining oshishiga olib kelmoqda. Zamonaviy tibbiyot amaliyotida antibiotiklardan noto‘g‘ri va nazoratsiz foydalanish rezistent shtammlarning shakllanishini tezlashtirmoqda. Shu sababli antibiotik rezistentligini o‘rganish, uning sabablari va oldini olish yo‘llarini aniqlash bugungi kunda ilmiy va amaliy jihatdan dolzarb hisoblanadi