MA'DANIY KAPITAL VA TIL KOMPETENSIYASI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK

Авторы

  • Umid Jumanazarov Автор
  • Maftuna Azimova Автор

Ключевые слова:

Madaniy kapital, til kompetensiyasi, sotsiologiya, lingvistika, ta’lim, ijtimoiy resurslar

Аннотация

Ushbu maqolada madaniy kapital tushunchasining mazmuni, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni va ayniqsa til kompetensiyasi bilan o‘zaro bog‘liqligi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda P. Bourdieu tomonidan ishlab chiqilgan madaniy kapital konsepsiyasi asos qilib olinib, til o‘rganish jarayonida ijtimoiy-madaniy resurslarning roli tadqiq etiladi. Shuningdek, til kompetensiyasining shakllanishiga oilaviy, institutsional va ijtimoiy omillarning ta’siri misollar asosida ochib beriladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, madaniy kapitalning yuqori darajasi o‘quvchilarning lingvistik, pragmatik va madaniyatlararo kompetensiyalarini shakllantirishda muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi

Опубликован

2026-01-08