TA’LIM JARAYONIDA KIBERXAVFSIZLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH METODLARI

Авторы

  • Go'zal Subanova Автор

Ключевые слова:

kiberxavfsizlik madaniyati, kiber gigiyena, raqamli xavflar, ta’lim jarayoni, informatika ta’limi

Аннотация

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirishning zamonaviy yondashuvlari, metodlari va pedagogik asoslari keng yoritiladi. Raqamli transformatsiya sharoitida o‘quvchi va talabalarning internetdan xavfsiz foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, kiberxavflarni tanish va ularga to‘g‘ri munosabat bildirish kabi kompetensiyalarni shakllantirish ta’lim tizimi oldidagi eng dolzarb vazifalardan biri ekanligi asoslab beriladi. Maqolada kiberxavfsizlik madaniyatining tarkibiy qismlari, yosh xususiyatlariga mos pedagogik metodlar, gamifikatsiya, amaliy treninglar, simulyatsiyalar, interaktiv mashg‘ulotlar hamda sun’iy intellekt asosida yaratilgan o‘quv vositalaridan foydalanishning afzalliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, informatika fanini o‘qitishda kiber gigiyena qoidalarini o‘rgatish, raqamli xavflarni oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlari, kiberhujumlarga qarshi ongli immunitetni shakllantirish strategiyalari batafsil ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari ta’lim muassasalarida kiberxavfsizlik madaniyatini tizimli va bosqichma-bosqich rivojlantirish uchun samarali metodik tavsiyalarni taklif etadi

Опубликован

2026-04-24

Выпуск

Раздел

Articles