OROLBO‘YI HUDUDIDA HUNARMANDCHILIK VA AN’ANAVIY KASB-HUNARLARNING TRANSFORMATSIYASI: SOTSIOKULTURAL YONDASHUV

Authors

  • Ulzada Bekbergenova Author

Keywords:

Hunarmandchilik, an’anaviy kasb-hunarlar, sotsiokultural yondashuv

Abstract

Mazkur maqolada Orolbo‘yi hududida, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasida shakllangan hunarmandchilik va an’anaviy kasb-hunarlarning ekologik inqiroz, ijtimoiy o‘zgarishlar hamda madaniy jarayonlar ta’sirida kechgan transformatsiyasi sotsiokultural yondashuv asosida tahlil qilinadi. Orol dengizi qurishining hudud aholisi turmush tarziga, madaniy qadriyatlariga va an’anaviy mehnat shakllariga ko‘rsatgan ta’siri hunarmandchilik faoliyati misolida ochib beriladi. Shuningdek, hunarmandchilikning madaniy identitetni saqlashdagi o‘rni, avlodlararo merosning uzilishi va uni qayta tiklash mexanizmlari yoritiladi

Downloads

Published

2026-02-02