O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI SOXTA XABARLAR SARLAVHALARINING LINGVISTIK VA PRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Authors

  • XURSHIDA HAYITOVA Author

Keywords:

soxta xabar, sarlavha, lingvistik xususiyatlar, pragmatika, manipulyatsiya, hissiy-ekspressiv vositalar, bo‘rttirish

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi soxta xabarlar sarlavhalarining lingvistik va pragmatik xususiyatlari qiyosiy jihatdan o‘rganiladi. Tadqiqotda sarlavhalarda qo‘llaniladigan leksik birliklar, hissiy-ekspressiv ifodalar, bo‘rttirish, ritorik savollar va baholovchi vositalarning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, soxta xabar sarlavhalarining o‘quvchi e’tiborini jalb qilish, muayyan munosabatni shakllantirish, ishonch uyg‘otish va axborotni muayyan yo‘nalishda talqin qilishga undashdagi pragmatik vazifalari yoritiladi. O‘zbek va ingliz tillaridagi misollarni qiyoslash orqali sarlavhalarning umumiy va milliy-madaniy xususiyatlarini aniqlashga e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari soxta xabarlarning til vositalari orqali qanday ta’sir ko‘rsatishini tushunish hamda media savodxonligini rivojlantirishga xizmat qilishi mumkin

Downloads

Published

2026-10-14