BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING IJTIMOIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
Keywords:
ijtimoiy kompetentlik, bo‘lajak o‘qituvchi, boshlang‘ich ta’lim, kasbiy kompetentlik, kommunikativ ko‘nikmaAbstract
Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Ijtimoiy kompetentlik zamonaviy pedagog shaxsining muhim kasbiy sifatlaridan biri bo‘lib, u samarali muloqot, jamoada ishlash, nizoli vaziyatlarni konstruktiv hal etish hamda ijtimoiy mas’uliyatni namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada ijtimoiy kompetentlikning kognitiv, motivatsion-qadriyat, kommunikativ, faoliyat-amaliy va refleksiv komponentlari ochib berilgan. Tadqiqot davomida ilmiy adabiyotlar tahlili, qiyosiy-pedagogik tahlil va modellashtirish metodlaridan foydalanildi. Nazariy tahlil asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijtimoiy kompetentlik komponentlarini baholash mezonlari ishlab chiqildi hamda ushbu sifatni rivojlantirishning samarali pedagogik shart-sharoitlari va amaliy tavsiyalari asoslandi