YAPON VA O‘ZBEK KOMMUNIKATIV DISKURSIDA INKOR VOSITALARINING FUNKSIONAL-PRAGMATIK TAHLILI

Authors

  • D Bоymurоdоvа Author

Keywords:

inkor kategoriyasi, pragmalingvistika, kommunikativ diskurs, yapon tili, o‘zbek tili

Abstract

Mazkur maqolada yapon va o‘zbek kommunikativ diskursida inkor vositalarining funksional-pragmatik xususiyatlari qiyosiy aspektda tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida inkor kategoriyasining kommunikativ vazifalari, uning nutq jarayonidagi pragmatik faollashuvi hamda ijtimoiy-madaniy omillarga bog‘liqligi tahlil qilindi. Yapon tilidagi bilvosita inkor shakllari hamda o‘zbek tilidagi ekspressiv inkor vositalari dialogik matnlar asosida o‘rganildi. Tadqiqot natijalari yapon kommunikativ madaniyatida ehtiyotkorlik va ijtimoiy uyg‘unlikni saqlash maqsadida yumshatilgan inkor shakllari faol qo‘llanilishini, o‘zbek tilida esa emotsional-ekspressiv inkor birliklari ustunligini ko‘rsatdi. Shuningdek, kommunikativ vaziyat, suhbat ishtirokchilarining ijtimoiy mavqei hamda madaniy tafakkur inkor vositalarining pragmatik faollashuviga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi

Downloads

Published

2026-05-29