DOIRAVIY TESHIKLI PLASTINANING CHOʻZILISH HOLATINI ELASTIKLIK NAZARIYASI ASOSIDA TAHLIL QILISH
Keywords:
doiraviy teshikli plastina, kuchlangan holat, deformatsiyalangan holat, radial kuchlanishAbstract
Mazkur maqolada markazida doiraviy teshik mavjud bo‘lgan elastik plastinaning choʻzilish holati elastiklik nazariyasi asosida tahlil qilindi. Tadqiqot davomida plastinaning kuchlangan-deformatsiyalangan holatini aniqlash uchun silindrik koordinatalar sistemasidagi analitik tenglamalardan foydalanildi. Teshik atrofida hosil bo‘ladigan radial, tangensial va urinma kuchlanish komponentalari Kirsh yechimi asosida hisoblandi hamda sonli parametrlar yordamida ularning o‘zgarish qonuniyatlari o‘rganildi. Hisoblashlarda plastina materiali elastik, izotrop va bir jinsli deb qabul qilindi. Radius bo‘yicha kuchlanishlarning o‘zgarishi jadval ko‘rinishida keltirildi va grafiklar yordamida tahlil qilindi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, maksimal kuchlanish teshik chegarasida yuzaga keladi va radius ortishi bilan asta-sekin kamayadi. Tadqiqot natijalari teshikli konstruksiyalarni loyihalashda kuchlanish konsentratsiyasi zonasini aniqlash va mustahkamlikni baholashda muhim ahamiyatga ega