OLIY TA’LIM TIZIMI FIZIKA KURSIDAN AMALIY VA LABORATORIYA MASHG’ULOTLARINI TASHKIL ETISHDA INNOVATSION YONDASHUV
Keywords:
Oliy ta'lim, Amaliy mashg‘ulotlar, Laboratoriya mashg‘ulotlari, Innovatsion yondashuvlar, Interaktiv o‘qitishAbstract
Maqolada oliy ta’lim tizimida fizika kursidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishda innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Fizika fanining o‘qitilishi jarayonida amaliy mashg‘ulotlarning ahamiyati katta bo‘lib, ular nazariy bilimlarni mustahkamlash va talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Innovatsion metodlar, jumladan, interaktiv o‘qitish usullari, zamonaviy texnologiyalar va laboratoriya jihozlari orqali talabalarning qiziqishini oshirish, o‘rganish jarayonini samarali tashkil etish mumkin. Maqolada shuningdek, amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish va amalga oshirishda e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan asosiy tamoyillar va strategiyalar ko‘rib chiqiladi. Ushbu yondashuvlar natijasida talabalar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘lishadi, balki ularni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini ham rivojlantiradilar