ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “BOBURNOMA” ASARIDA ARAB TILIDAGI SO’Z VA IBORALAR

Authors

  • Qobiljon Zohidov Author
  • A’zamxon Yahyoxonov Author

Keywords:

Boburnoma, noyob yodgorlik, jahon adabiyoti

Abstract

Arab tili Sharq tamaddunining eng muhim ilmiy va madaniy tillaridan biri bo‘lib, asrlar davomida musulmon xalqlari ilm-fani, adabiyot va huquqiy tafakkurining asosiy vositasi sifatida xizmat qilgan. Qur’oni karimning arab tilida nozil bo‘lishi, hadislar, tafsir, fiqh va kalom ilmlarining arab tilida shakllanishi bu tilning nafaqat diniy, balki ilmiy-ma’rifiy ahamiyatini ham belgilab berdi. Shu sababli, arab tilidagi so‘z va iboralar Markaziy Osiyo xalqlari tarixida, ularning yozma manbalarida, adabiy merosida keng qo‘llanilgan. Arab tilidagi termin va iboralar ilmiy an’ana, huquqiy tafakkur, tasavvufiy qarashlar hamda adabiy uslubning ajralmas qismi sifatida o‘z o‘rnini topgan

Downloads

Published

2026-03-01