“SIGNAL BO‘YICHA YUGURISH”, “TO‘SIQLARDAN O‘TISH ESTAFETASI” VA “TEZKOR ESTAFETA” O‘YINLARI ORQALI BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARIDA TEZKORLIK VA KOORDINATSIYANI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Keywords:
Tezkorlik, koordinatsiya, estafeta o‘yinlari, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, motorik ko‘nikmalarAbstract
Ushbu maqola bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalari ya’ni tezkorlik va koordinatsiyani rivojlantirishda harakatli o‘yinlarning ahamiyatini tahlil qilish va erishilgan natijalarni taqdim etish haqida bo‘lib, tadqiqot doirasida “Signal bo‘yicha yugurish”, “To‘siqlardan o‘tish estafetasi” va “Tezkor estafeta” o‘yinlarini amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llab, qatnashchilarning motorik ko‘nikmalarini pre-test va post-test orqali baholanishi haqida ma’lumotlar taqdim etilgan. Metodologik qismida esa eksperimental usul, pedagogik kuzatuv va test-monitoring tadqiqot metodlari sifatida qo‘llanildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, har uch o‘yin turi tezkorlik va koordinatsiya ko‘nikmalarini sezilarli darajada rivojlantirishga yordam beradi. Shu bilan birga, o‘yinlar jamoaviy ishlash, qaror qabul qilish va kognitiv qobiliyatlarni ham shakllantiradi. Tadqiqot natijalari pedagogik nazariya va amaliyotda motorik ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, o‘quv jarayonlarini samarali rejalashtirish hamda bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining professional tayyorgarligini oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi