MADANIY MEROSNI SAQLASH VA RAQAMLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Authors

  • Marjona Maxamatova Author

Keywords:

madaniy meros, raqamlashtirish, raqamli texnologiyalar, moddiy va nomoddiy meros

Abstract

Ushbu maqolada madaniy merosni saqlash va uni raqamlashtirish jarayonlarining zamonaviy holati hamda istiqbollari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Globalizatsiya va axborot texnologiyalarining jadal rivoji sharoitida moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash, ularni kelajak avlodlarga yetkazishda raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Maqolada madaniy merosni raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlari, xalqaro tajribalar, innovatsion texnologiyalar, shuningdek, ushbu jarayonda yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ta’lim jarayonida raqamli resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi

Downloads

Published

2026-01-29