UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA INGLIZ TILINI O'QITISHDA FORMATIV BAHOLASH USULLARI ORQALI TA'LIM SIFATINI OSHIRISH

Mualliflar

  • Nigina Ashurova ##default.groups.name.author##
  • Umida Xatamova ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Formativ baholash##common.commaListSeparator## ingliz tilini o‘qitish##common.commaListSeparator## ta’lim sifati##common.commaListSeparator## qayta aloqa##common.commaListSeparator## kommunikativ kompetensiya##common.commaListSeparator## o‘quv motivatsiyasi

Annotatsiya

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ingliz tilini o‘qitish jarayonida formativ baholash usullaridan samarali foydalanishning pedagogik va metodik jihatlari yoritilgan. Formativ baholashning o‘quvchilar bilimini muntazam monitoring qilish, individual ta’lim ehtiyojlarini aniqlash, o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, o‘zini o‘zi baholash, o‘zaro baholash, mezonlar asosida baholash, kuzatish, refleksiya va qayta aloqa usullarining ingliz tilini o‘rganish samaradorligiga ta’siri ochib berilgan. Mazkur yondashuvning o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiya, mustaqil fikrlash, o‘z faoliyatini tahlil qilish va ta’lim jarayonida faol ishtirok etish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari asoslangan. Xulosa sifatida formativ baholashni dars maqsadlari, kutilayotgan natijalar va o‘quvchilarning individual xususiyatlariga muvofiq tizimli tashkil etish ingliz tilini o‘qitish samaradorligini oshirishning muhim pedagogik sharti ekanligi ta’kidlangan

##submission.downloads##

##submissions.published##

2026-10-24