YIRIK MELIORATIV NASOS STANSIYASINI REKONSTRUKSIYA QILISHNING GIDRAVLIK-TEXNIK KO‘RSATKICHLARINI ASOSLASH

Mualliflar

  • Nargiza Yusupova ##default.groups.name.author##

##semicolon##

nasos stansiyasi##common.commaListSeparator## rekonstruksiya##common.commaListSeparator## gidravlik hisob##common.commaListSeparator## manometrik napor##common.commaListSeparator## bosimli quvur diametri##common.commaListSeparator## texnik-iqtisodiy asoslash##common.commaListSeparator## elektrodvigatel

Annotatsiya

Maqolada yirik magistral kanal kaskadidagi meliorativ nasos stansiyasini rekonstruksiya qilishning gidravlik-texnik asoslari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning maqsadi stansiyaning suv-xo‘jalik ko‘rsatkichlarini, olib kelish va mashina kanallarining gidravlik hisobini, suv ko‘tarish balandligini, asosiy nasos va elektrodvigatel agregatlarining sonini hamda turini tanlash metodikasini asoslashdan iborat. Tadqiqotda gidravlika va gidromashinasozlik fanlarining analitik hisoblash usullari, texnik-iqtisodiy taqqoslash metodi hamda amaldagi me’yoriy hujjatlar talablari qo‘llanildi. Natijada stansiyaning geometrik suv ko‘tarish balandligi 25,1 m, haqiqiy manometrik napori 26,277 m ekanligi, olti dona o‘qiy tipidagi nasos agregati (beshtasi ishchi, bittasi zaxira) va ularga mos sinxron elektrodvigatellar tanlanganligi, shuningdek bosimli quvurlarning eng samarali diametri texnik-iqtisodiy hisob asosida aniqlanganligi bayon etilgan. Olingan natijalar ko‘rsatadiki, bir necha o‘n yillar davomida foydalanilayotgan va me’yoriy ishlash muddatidan bir necha barobar ortiq muddat ishlagan stansiya jihozlarini yangilash zarurati mavjud. Maqola natijalari shu kabi yirik magistral kanal nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish loyihalarida amaliy ahamiyat kasb etadi

##submission.downloads##

##submissions.published##

2026-09-13