BRONXIAL ASTMADA PERIFERIK QONDAGI EOZINOFILIYA VA IMMUNOGLOBULIN E DARAJASINING KLINIK-DIAGNOSTIK AHAMIYATI
Keywords:
bronxial astma, eozinofiliya, immunoglobulin E, fenotip, biologik terapiya, ekzatsserbatsiyaAbstract
Ushbu tezisda bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarda periferik qondagi eozinofillar soni va umumiy immunoglobulin E (IgE) darajasining klinik-diagnostik ahamiyati yoritilgan. Adabiyot ma’lumotlari asosida bu ikki ko‘rsatkichning kasallik og‘irlik darajasi, o‘pka funksiyasi ko‘rsatkichlari (FEV1) va ekzatsserbatsiya chastotasi bilan o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek ularning «T2-yuqori» (eozinofil) astma fenotipini aniqlashtirishdagi va maqsadli biologik terapiyani (omalizumab, mepolizumab, benralizumab) tanlashdagi o‘rni tahlil qilingan. Natijalar eozinofillar va IgE darajasining bemorlarni fenotiplashtirish hamda davolashni individuallashtirishda qulay va informativ biomarker sifatida qo‘llanilishi mumkinligini tasdiqlaydi
Downloads
Published
2026-09-08