INGLIZ TILINING DUNYO MIQYOSIDAGI AHAMIYATI VA UNI O‘RGANISH ZARURIYATI
##semicolon##
ingliz tili##common.commaListSeparator## xalqaro muloqot##common.commaListSeparator## ta’lim##common.commaListSeparator## o’rganish##common.commaListSeparator## shaxsiy va kasbiy rivojlanish##common.commaListSeparator## dunyo miqyosidaAbstrak
Dunyo miqyosida ingliz tiliga bo’lgan talab tobora ortib bormoqda. Hozirgi kunda ingliz tili zamonaviy jamiyatda muhim o’rin egallab, xalqaro muloqotda asosiy aloqa vositalaridan biri sifatida qo’llanmoqda. Ingliz tili millionlab odamlar uchun ona tili, milliardlab kishilar uchun esa chet tili sifatida xizmat qiladi. Ushbu maqolada ingliz tilining BMT, Yevropa Ittifoqi kabi xalqaro tashkilotlarda ishlatilishi, diplomatiya, xalqaro biznes, ta’lim va ilm-fan sohalaridagi roli yoritilgan. Shu sababli, ingliz tilini bilish shaxsiy va kasbiy rivojlanish uchun muhim omil bo’lib, ilmiy tadqiqotlar, akademik jurnallar va konferensiyalarda samarali faoliyat yuritish imkonini yaratadi. Matndagi tadqiqotlar va misollar ingliz tilini o’rganish madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga, turli millat vakillari o’rtasida o’zaro tushunishni mustahkamlashga va global ish bozorida raqobatbardoshlikni oshirishga yordam berishini ko’rsatadi