MAKTABGACHA BILIM OLISHNING KELAJAGI: STEAM ASOSIDAGI INTERFAOL MASHG‘ULOTLARNING PEDAGOGIK QIYMATI

Mualliflar

  • Nilufar Axtamova ##default.groups.name.author##

##semicolon##

STEAM yondashuvi##common.commaListSeparator## interfaol mashg‘ulotlar##common.commaListSeparator## maktabgacha ta’lim##common.commaListSeparator## tadqiqotchilik qobiliyati

Abstrak

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvining o‘rni va uning interfaol mashg‘ulotlar orqali bolalar rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. STEAM modeli ta’lim jarayoniga multidisplinar integratsiyani olib kirib, maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy fikrlash, muammolarni tahlil qilish, mantiqiy xulosa chiqarish, tadqiqotchilik qobiliyatlari va texnik tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu tadqiqotda interfaol mashg‘ulotlar, o‘yin texnologiyalari, tajriba va loyihaviy faoliyatning STEAM muhitida qo‘llanishi bolalarning bilim olish jarayoniga qiziqish va motivatsiyani kuchaytirishi bilan izohlanadi. STEAM asosidagi mashg‘ulotlar maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini bir vaqtning o‘zida kompleks rivojlantirishni ta’minlaydi. Xususan, tabiat hodisalarini kuzatish, konstruktorlar bilan ishlash, raqamli texnologiyalardan foydalanish, san’at orqali kreativ ifoda, muhandislik fikria asoslangan o‘yin faoliyatlari bolalarda ham ijtimoiy, ham kognitiv, ham emotsional rivojlanishni bir vaqtda qo‘llab-quvvatlaydi. Tadqiqot STEAM yondashuvi orqali bilimni faqat tayyor holatda qabul qilish emas, balki uni faol izlanish, tajribaviy faoliyat va kashfiyot orqali o‘zlashtirishning samaradorligini ko‘rsatadi

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-01-24