MEXANIK TEBRANISHLAR VA ULARNING TIBBIYOTDAGI QO‘LLANILISHI
##semicolon##
mexanik tebranishlar##common.commaListSeparator## ultratovush##common.commaListSeparator## vibroterapiya##common.commaListSeparator## rezonans##common.commaListSeparator## mexanotransduksiya##common.commaListSeparator## sonografiyaAbstrak
Ushbu maqolada mexanik tebranishlarning fizik mohiyati va ularning zamonaviy tibbiyotdagi amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Mexanik tebranishlar – bu tizimning muvozanat holatidan vaqt bo‘yicha qayta-qayta o‘z holatiga qaytuvchi harakati bo‘lib, ultratovush, vibroterapiya, litotipsiya va boshqa diagnostik-terapevtik usullarning asosini tashkil etadi. Maqolada garmonik tebranishlar, to‘lqin tenglamasi, rezonans, so‘nish va kavitatsiya kabi fizik qonuniyatlarning biologik to‘qimalarga ta’siri ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Ultratovush diagnostikasi (sonografiya), terapevtik ultratovush, butun tana vibratsiyasi (WBV) va mexanotransduksiya mexanizmlari batafsil ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari mexanik tebranishlarning qon aylanishini yaxshilash, og‘riqni kamaytirish, suyak regeneratsiyasini tezlashtirish va hujayra darajasidagi jarayonlarni boshqarishdagi ahamiyatini tasdiqlaydi