BIOMASSADAN ELEKTR ENERGIYA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGI VA UNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI
##semicolon##
Biomassa##common.commaListSeparator## qayta tiklanuvchi energiya##common.commaListSeparator## elektr energiya##common.commaListSeparator## biogaz##common.commaListSeparator## bioyoqilg‘i##common.commaListSeparator## energiya samaradorligiAbstrak
Mazkur maqolada biomassadan elektr energiya ishlab chiqarishning samaradorligi, uning iqtisodiy va ekologik jihatlari tahlil qilinadi. Biomassa qayta tiklanuvchi energiya manbai sifatida global energetika tizimida muhim o‘rin egallaydi. Tadqiqotda biomassa asosida energiya olish texnologiyalari, jumladan, biogaz, bioyoqilg‘i va termokimyoviy jarayonlar orqali elektr energiya ishlab chiqarish usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, biomassa energiyasining an’anaviy yoqilg‘ilar bilan solishtirilgan afzalliklari, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishdagi roli va energiya xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati yoritiladi. Maqola natijalari biomassa energetikasining samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi