BUG’DOYNING SARIQ ZANG KASALLIKLARI VA OLDINI OLISH CHORALARI
##semicolon##
bug‘doy##common.commaListSeparator## sariq zang##common.commaListSeparator## zang kasalligi##common.commaListSeparator## Puccinia striiformis##common.commaListSeparator## o‘simlik kasalliklari##common.commaListSeparator## fungitsidlar##common.commaListSeparator## o‘simliklarni himoya qilishAnnotatsiya
Mazkur tezisda bug‘doy ekinlarida keng tarqalgan va katta iqtisodiy zarar yetkazadigan kasalliklardan biri bo‘lgan sariq zang kasalligining biologik xususiyatlari, rivojlanish sharoitlari hamda uning hosildorlikka ko‘rsatadigan salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Sariq zang kasalligi asosan Puccinia striiformis zamburug‘i tomonidan qo‘zg‘atiladi va u bug‘doyning barglarida sariq rangli chiziqsimon pustulalar hosil qilishi bilan xarakterlanadi. Kasallikning rivojlanishi ko‘pincha nam va salqin ob-havo sharoitida tezlashib, o‘simliklarning fotosintez jarayonini susaytiradi hamda don hosilining kamayishiga olib keladi. Tadqiqotda sariq zang kasalligining tarqalish omillari, uni aniqlash belgilari hamda kasallikning oldini olishga qaratilgan samarali agrotexnik va kimyoviy himoya choralariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, kasallikka chidamli navlarni yetishtirish, ekinlarni to‘g‘ri parvarishlash hamda zamonaviy fungitsid preparatlaridan ilmiy asosda foydalanish bug‘doy ekinlarini sariq zang kasalligidan himoya qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslab berilgan