O‘ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISHIDA SHEVAGA OID SO‘ZLARNING TA’SIRI
##semicolon##
adabiy til##common.commaListSeparator## sheva##common.commaListSeparator## dialekt##common.commaListSeparator## milliy til##common.commaListSeparator## leksik qatlam##common.commaListSeparator## nutq madaniyati##common.commaListSeparator## til taraqqiyotiAnnotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va boyish jarayonida shevalarga oid so‘zlarning tutgan o‘rni hamda ularning leksik qatlam sifatidagi ta’siri ilmiy tahlil qilinadi. Mamlakatimizning hududiy dialektlaridagi leksik birliklar asrlar davomida adabiy tilning taraqqiyotiga muhim ta’sir ko‘rsatib kelgani, ayniqsa, xalq og‘zaki ijodi, tarixiy yodgorliklar va badiiy adabiyot orqali adabiy til tarkibiga kirib borganligi yoritiladi. Shuningdek, turli hududlarda qo‘llanadigan, ammo umumxalq tiliga singib ketgan shevaga oid so‘zlarning semantik imkoniyatlari va ularning nutq madaniyatiga qo‘shgan hissasi ilmiy asosda tadqiq etilgan. Maqolada adabiy til va shevalar munosabatidagi ikki tomonlama jarayon — shevaga mansub so‘zlarning adabiy til tarkibiga kirib borishi hamda adabiy tilning shevalarga ta’siri — tahlil etiladi. O‘zbek tilshunosligiga oid manbalar, badiiy asarlar va zamonaviy lug‘atlar asosida olib borilgan kuzatishlar shevaga oid so‘zlarning ko‘p qirrali stilistik-ekspressiv vazifasini ko‘rsatib beradi. Bunday so‘zlar asarlarning obrazlilik darajasini oshirish, milliy rang-baranglikni ifodalash va til vositalarini boyitishda muhim omil sifatida maydonga chiqadi