MEHMONXONA BIZNESIDA INNOVATSION RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI

Mualliflar

  • Sayidaxmad Shodiyev ##default.groups.name.author##
  • Umidjon Boboxonov ##default.groups.name.author##

##semicolon##

mehmonxona biznesi##common.commaListSeparator## raqamli texnologiyalar##common.commaListSeparator## iqtisodiy samaradorlik##common.commaListSeparator## investitsiyalar

Annotatsiya

Ushbu maqolada mehmonxona biznesida innovatsion raqamli texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda mehmonxona xo‘jaligida qo‘llaniladigan asosiy raqamli texnologiyalar – avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, bulutli platformalar, dinamik narxlash algoritmlari, sun’iy intellekt asosidagi xizmatlar, narsalar interneti (IoT) texnologiyalari hamda robotlashtirilgan jarayonlar yoritib berilgan. Shuningdek, ushbu texnologiyalarni joriy etish natijasida operatsion xarajatlarning qisqarishi, energiya resurslari tejalishi, mehnat unumdorligining oshishi va mehmonxona daromadliligining yaxshilanishi kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlar miqdoriy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada raqamli texnologiyalarning investitsion jozibadorligi, o‘zini qoplash muddatlari va uzoq muddatli iqtisodiy foydalari ham baholangan. Bundan tashqari, sohada raqamli transformatsiyani joriy etishda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari tahlil etilgan

##submission.downloads##

##submissions.published##

2026-06-14