ONA TILI O‘QITISHDA ZAMONAVIY RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH (INTERAKTIV DOSKALAR, ILOVALAR, PLATFORMALAR YORDAMIDA DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISH)
Ключевые слова:
ona tili, raqamli texnologiyalar, interaktiv doska, mobil ilovalar, ta’limiy platformalarАннотация
Ushbu maqolada ona tili o‘qitish jarayonida zamonaviy raqamli texnologiyalar, jumladan, interaktiv doskalar, mobil ilovalar va ta’limiy platformalardan foydalanishning samaradorligi tahlil etiladi. Raqamli vositalar yordamida darsni yanada interaktiv, qiziqarli va mazmunli tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, o‘quvchilarning bilim olishdagi faolligi, mustaqil fikrlash va nutqiy ko‘nikmalarining shakllanishiga ijobiy ta’siri yoritiladi. Shuningdek, maqolada ona tili faniga xos didaktik materiallarni raqamli muhitda qo‘llashning afzalliklari hamda duch kelinayotgan ayrim muammoli jihatlar ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari zamonaviy texnologiyalarning ta’limda tatbiq etilishi dars sifatini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi