BAG‘RIKENGLIKNING IJTIMOIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDAGI O‘RNI
Ключевые слова:
bag‘rikenglik, diniy bag‘rikenglik, ijtimoiy barqarorlik, dinlararo totuvlik, vijdon erkinligiАннотация
Mazkur maqolada bag‘rikenglik tushunchasining ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni har tomonlama tahlil qilinadi. Unda islom dinida bag‘rikenglik g‘oyasining mazmun-mohiyati, dinlararo totuvlik, millatlararo hamjihatlik va vijdon erkinligi masalalarining jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo hamkorlikni ta’minlash borasida olib borilayotgan davlat siyosati, milliy qadriyatlar va tarixiy tajribaning o‘rni asoslab beriladi. Maqolada xalqaro huquqiy hujjatlar, xususan, BMT va YUNESKO tomonidan qabul qilingan deklaratsiyalar tahlili orqali bag‘rikenglik g‘oyasining global ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalari jamiyatda tinchlik, barqarorlik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlashda diniy bag‘rikenglik muhim omil ekanini ko‘rsatadi