TALABALARNING VAQTINI BOSHQARISH KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY VA PEDAGOGIK ASOSLARI
Ключевые слова:
vaqtni boshqarish, oliy ta’lim, pedagogik jarayon, mustaqil ta’lim, samaradorlik, kompetensiya, intellektual rivojlanish, faoliyat nazariyasiАннотация
Ushbu maqola oliy ta’lim muassasalarida talabalar uchun vaqtni boshqarishning muhimligini o‘rganadi. Muallif, vaqtni samarali rejalashtirish va nazorat qilish orqali talabalarning o‘quv natijalarini yaxshilash, topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish va stress darajasini kamaytirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari, vaqtni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonining tizimli va uzluksiz bo‘lishi zarurligini ta’kidlaydi. Shuningdek, pedagogik tavsiyalar va mustaqil ta’limda bu ko‘nikmalarni qo‘llash ijobiy natijalarga olib kelishini ko‘rsatadi. Maqolada, talabalar o‘rtasida vaqtni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish muammosi va bu jarayonning pedagogik jarayondagi o‘rni muhokama qilinadi. Xulosa sifatida, vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish va undan samarali foydalanish talabalarning akademik muvaffaqiyati, shaxsiy rivoji va kelajak kasbiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi. Maqolada, talabalarning vaqtini boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishni pedagogik jarayonning ajralmas qismi sifatida ko‘rishni taklif etadi