ONE LANGUAGE, TWO STANDARDS: BRITISH AND AMERICAN ENGLISH IN COMPARISON
Ключевые слова:
ingliz tilini o‘rganish, Amerika ingliz tili, Britaniya ingliz tili, xalqaro muloqotАннотация
Ushbu maqolada Britaniya va Amerika ingliz tillari o‘rtasidagi grammatik farqlar tahlil qilinadi. Ingliz tili global til sifatida keng qo‘llanilishiga qaramay, uning mintaqaviy variantlari — Britaniya va Amerika ingliz tillari — grammatik va leksik jihatdan sezilarli farqlarga ega. Maqolada fe’l va ot shakllaridagi farqlar, jamoaviy otlar (collective nouns), predloglar hamda boshqa grammatik qoidalar misollar yordamida tushuntirib beriladi. Shaxsan men uchun ushbu farqlarni anglash ingliz tilini o‘rganishni yanada qiziqarli va samarali qiladi. Mening fikrimcha, bu tafovutlarni bilish nafaqat ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun, balki xalqaro muloqot va ta’lim sohasi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Maqolaning asosiy maqsadi o‘quvchilarga Britaniya va Amerika ingliz tili grammatikasini chuqurroq tushunishga yordam berish hamda ushbu bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yaratishdan iborat