STEAM YONDASHUVI ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING KREATIV FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH
Ключевые слова:
STEAM, kreativ fikrlash, maktabgacha ta’lim, integrativ yondashuv, konstruktiv o‘yinlarАннотация
Ushbu maqolada STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvining maktabgacha ta’lim jarayonida qo‘llanishi va uning bolalar kreativ fikrlashini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. STEAM modeli bolalarning tabiiy qiziquvchanligini rag‘batlantirish, ularni mustaqil izlanishga yo‘naltirish, muammoli vaziyatlarga ijodiy yechim topish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Tadqiqotda integrativ yondashuv asosida tashkil etilgan faoliyat turlari — tajribalar, konstruktiv o‘yinlar, san’at mashg‘ulotlari, oddiy muhandislik loyihalari va matematik mantiqni rivojlantiruvchi topshiriqlarning bolalar tafakkuriga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada STEAM yondashuvining pedagogik asoslari, maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik rivojlanish xususiyatlari bilan uyg‘unligi, ularning ijodkorlik, fikrning moslashuvchanligi, kuzatuvchanlik, sabab-oqibat bog‘lanishlarini anglash kabi kognitiv ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi roli ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, tarbiyachilar uchun STEAM asosida mashg‘ulotlarni loyihalash, resurslardan foydalanish va integratsiyalashgan darslarni tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar beriladi