TA’LIMNI RAQAMLASHTIRISHDA SUN’IY INTELLEKT ORQALI BO’LAKAK CHET TILI ÒQITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH

Авторы

  • Gulrux Fayziyeva Автор

Ключевые слова:

sun’iy intellekt, raqamli ta’lim, raqamlashtirish jarayoni, chet tili o‘qituvchilari

Аннотация

Ushbu maqolada ta’lim jarayonining raqamlashtirilishi sharoitida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanishning bo‘lajak chet tili o‘qituvchilari kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy-uslubiy jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya ta’lim tizimida interaktivlik, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, adaptiv o‘qitish va monitoringning avtomatlashtirilgan mexanizmlarini joriy etishni talab qilmoqda. Aynan sun’iy intellekt chet tili o‘qituvchilarida lingvistik, metodik, kommunikativ, axborot-kommunikatsiya va refleksiv kompetensiyalarni samarali shakllantirishga xizmat qiluvchi innovatsion vosita sifatida ko‘riladi. Maqolada AI asosidagi ta’lim platformalari, avtomatik baholash tizimlari, matnni qayta ishlash va tarjima dasturlari, chat-botlar, virtual suhbatdoshlar, tovushni tahlil qiluvchi ilovalar kabi raqamli texnologiyalarning bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarini tayyorlashda qo‘llanish imkoniyatlari yoritiladi

Опубликован

2026-01-24