INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI SUN’IY INTELLEKT PROMPTLARINING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI KATEGORIYALARI

Авторы

  • Valida Botirova Автор

Ключевые слова:

prompt, pragmatika, generativ sun’iy intellekt, nutq akti, xushmuomalalik, bevositalik, bilvositalik, kontekstualizatsiya

Аннотация

Mazkur tezisda ingliz va o‘zbek tillarida generativ sun’iy intellekt bilan muloqot jarayonida qo‘llaniladigan promptlarning pragmatik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda promptlar foydalanuvchining kommunikativ maqsadini ifodalovchi pragmatik birlik sifatida qaralib, ularning nutq aktlari, xushmuomalalik strategiyalari, bevosita va bilvosita ifoda shakllari hamda kontekstualizatsiya vositalari o‘rganiladi. Zamonaviy tadqiqotlarda katta til modellarining pragmatik ma’noni anglashida kontekst va kommunikativ maqsad muhim o‘rin tutishi qayd etilgaanligi, shuningdek, inson va sun’iy intellekt o‘rtasidagi muloqotda xushmuomalalik turli lingvistik strategiyalar orqali namoyon bo‘lishi va promptning pragmatik shakllanishi model javobiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ushbu tezisda asosiy markazda turadi. Bu kichik ilmiy izlanish ingliz va o‘zbek tillaridagi promptlarda mazkur pragmatik vositalarning o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash hamda ularning inson va sun’iy intellekt kommunikatsiyasidagi funksiyalarini yoritishga qaratilgan

Опубликован

2026-10-08