O‘ZBEKISTON REKLAMA DIZAYNIDA RAQAMLI GRAFIKADAN FOYDALANISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI

Авторы

  • Nigora Yusupova Автор

Ключевые слова:

reklama dizayni, raqamli grafika, vizual kommunikatsiya, grafik dizayn, raqamli texnologiyalar

Аннотация

Tezisda O‘zbekiston reklama dizaynida raqamli grafikadan foydalanishning zamonaviy tendensiyalari tahlil qilinadi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalarning rivojlanishi reklama kommunikatsiyasining shakli, mazmuni va vizual ifoda vositalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar, raqamli media va mobil platformalarning kengayishi reklama grafikasi oldiga yangi estetik va kommunikativ talablarni qo‘ymoqda. Tadqiqotda raqamli grafikada minimalizm, dinamik kompozitsiya, tipografik ekspressivlik, 3D grafika, animatsiya, sun’iy intellekt texnologiyalari hamda milliy vizual elementlardan foydalanish kabi tendensiyalarning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, zamonaviy raqamli grafikada milliy o‘ziga xoslik va global dizayn tendensiyalarining uyg‘unlashuvi masalasi yoritiladi

Опубликован

2026-09-09